Muallif: Boyxonova, Mohigul Yusuf qizi; Raxmonova, Madina Abdinabi qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada tarkibida oltin saqlovchi sulfid minerallarini boyitishda mikrobiologik usullarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan. Xususan, Acidithiobacillus ferrooxidans bakteriyalarining metabolik faolligiga fosforli ozuqa muhitining ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida fosfor konsentratsiyasining hujayra energetikasi (ATF sintezi) va ruda yuzasida ikkilamchi minerallar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida biooksidlash jarayonini jadallashtirish uchun optimal ozuqa rejimi bo‘yicha ilmiy xulosalar shakllantirilgan.
Kalit so'zlar: biotexnologiya, sulfidli ruda, Acidithiobacillus ferrooxidans, fosforli ozuqa, kinetika, passivatsiya, oltin ajratib olish.
Jurnaldagi sahifalar: 577 - 582