10.06.2024
241
SUN’IY INTELEKTNING PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI O‘RNI

Muallif: Xudayberdiyev, Firdavs Qodir o‘g‘li

Annotatsiya: Maqolada sun’iy intelektning pedagogik faoliyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish sharoitida ta’lim jarayonlarini boshqaruvchi intellektual taʼlim tizimlaring imkoniyatlari va xususiyatlari haqida so‘z boradi. Oliy ta’lim muassalarida intellektual tizimlardan foydalanish ta’lim sifatining oshishi, ta’lim jarayonlaridagi shaffoflikni ta’minlashi, talabalar uchun yaratiladigan qulayliklarning tahlili ko‘rildi. Shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlashda sun’iy intellekt tizimlarining o‘rni va hozirgi kunda keng tarqalgan ayrim intellektual ta’lim platformalar xususida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada mavjud adabiyotlar tahlil qilinadi, ta’lim sharoitida qo‘llaniladigan sun’iy intellektga asoslangan turli usullar muhokama qilinadi, tadqiqotlar natijalari keltirilgan va sun’iy intellektning pedagogikaga ta’siri haqida tushunchalar berilgan. Sun’iy intellektlar, bilimlar bazasi va ma’lumotlar bazalarining intellektual tizimdagi ahamiyati va ularni qo‘llash tavsiya etildi. Bu tizimlarning tadbig‘i, o‘qish sifatining oshishi bilan baholandi.

Kalit so'zlar: intellektual tizim, sun’iy intellekt, oliy ta’limda texnologiyalar, bilimlar bazasi, intellektuaintel ma’lumotlar bazasi, adaptiv ta’lim tizimlari, ekspert tizimlar, bilimlarga asoslangan tizimlar.

Jurnaldagi sahifalar: 829 - 835

Yuklab olish