Muallif: Kuylanova, Zebiniso Musirmanovna
Annotatsiya: Suv resurslarini boshqarishda innovatsion usullar samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Eron, Turkmaniston, Iordaniya va Iroq tajribasi suv olishni nazorat qilish, irrigatsiya yo‘qotishlari, iqtisodiy rag‘bat va institutsional boshqaruvdagi kamchiliklar nuqtai nazaridan baholandi. Isroil, Avstraliya, Marokash va Qozog‘iston tajribasida suv hisobi, qayta foydalanish, raqamli monitoring, infratuzilma modernizatsiyasi va iqtisodiy mexanizmlarning natijadorligi tahlil qilindi. Qiyosiy natijalar asosida O‘zbekiston uchun suv sarfini raqamli hisobga olish, suv tejovchi texnologiyalarni real limitlar bilan bog‘lash hamda suv unumdorligini iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali baholash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Kalit so'zlar: suv resurslari, suv tejash, suv unumdorligi, irrigatsiya, raqamli monitoring, suv hisobi, innovatsion boshqaruv, qiyosiy tahlil.
Jurnaldagi sahifalar: 276 - 287