Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Murodullayev, Javoxir Raxmatillo o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada birlamchi ma’lumotlari to‘liq bo‘lmagan shahar suv taqsimlash tarmoqlari uchun gidravlik modelni dala o‘lchovlari asosida kalibrlashning olti bosqichli metodikasi taklif etilgan va u Qarshi shahri tarmog‘ida sinovdan o‘tkazilgan. Metodika uchta o‘zaro bog‘liq o‘lchov turini birlashtiradi: sakkiz nuqtada bosimning yetti sutkalik uzluksiz yozuvi, ajratilgan zonada minimal tungi sarfni (MNF) aniqlash va bosim bosqichlari bo‘yicha tungi sinov. O‘lchovlar 2025-yil 5-12-oktabr kunlarida bajarildi. Tarmoq bo‘yicha o‘rtacha bosim 41,5 m ni, maksimal bosim past zonada 57,7 m ni tashkil etdi; sutkalik tebranish bosh nasos stansiyalari chiqishida 5 m atrofida, past zonalarda esa 14-17 m ga yetdi. Minimal tungi sarf 27,1 m³/soatga teng bo‘lib, undan fizik yo‘qotish 25,1 m³/soat yoki bir ulanishga soatiga 20,9 litr ajratildi. Logarifmik koordinatalardagi regressiya bo‘yicha bosim-yo‘qotish ko‘rsatkichi N₁ = 1,205 ± 0,037 (R² > 0,998) aniqlandi. Model kalibrlangandan so‘ng o‘rtacha kvadratik xatolik 7,49 m dan 0,56 m gacha kamaydi, barcha qoldiqlar ±1 m koridoridan chiqmadi.
Kalit so'zlar: gidravlik model, kalibrlash, dala o‘lchovlari, bosim data-loggeri, minimal tungi sarf, FAVAD, N₁ ko‘rsatkichi, RMSE, EPANET, Qarshi shahri.
Jurnaldagi sahifalar: 320 - 329