06.09.2023
191
SUV-BO‘YOQ TEXNIKASIDA AKVAREL VA GUASH MATERIALINING AHAMIYATI

Muallif: Yunusaliyev, M.T.

Annotatsiya: Talabalarning amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlarini suv bo‘yoq bilan bajarish jarayonini nazoratga olib kuzatilganda, ular tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan texnologik xatolarga munosabat bildirib, shuni ma’lum qilamanki, ko‘pchilik talabalar akvarel bo‘yoqlari bilan guash bo‘yog‘i xususiyatlarining texnologik jihatlaridagi nozik farqni his etmaganliklari tufayli bajargan ishlarida akvarelning shaffoflik xususiyatiga putur yetgan. Ranglar qo‘yiq berilib, natijada ko‘p ishlar loyqalangan. Ular suv-bo‘yoq turlari va ularning xususiyatlari haqida to‘liq amaliy tajriba va ma’lumotga ega emasliklari ma’lum bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko‘nikma yo‘q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo‘lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid suvbo‘yoqda akvarel va guash bo‘yoqlarining hususiyatlari hamda ularni ishlash texnikasi bo‘yicha ayrim nazariy jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Yuqorida ko‘rsatilgan ushbu muammoni bartaraf etish uchun akvarel hamda guash bo‘yoqlarida galma-gal etyudlar yozishni doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish juda muhim bo‘lib, unda akvarel bo‘qlarida nozik qatlamlar bilan, guash bo‘yog‘ida esa qo‘yiq qatlamda ishlashni, talabadan ma’lum bir vaqtgacha yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma’lum bir tajribaga ega bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan xato va kamchiliklardan holi bo‘ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko‘nikma hosil bo‘ladi. Ushbu maqolada akvarel va guash bo‘yoqlari hamda ularda ishlash texnikasining o‘ziga hos hususiyatlaridagi farqi yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Akvarel, guash, suvli bo‘yoqlar, torshon, texnologiya, bardoshli, texnik usul, rangtasvir, etyud, grafika, shaffof, lessirovka, qatlamli usul, mua'yan tartib, meyyor, hususiyat, bilim, tajriba, ko‘nikma, metodika, tahlil, tur, dastgohli rangtasvir, qayta ta’mirlash, ko‘rgazma, namoish, loyqa rang, tus, ijod.

Jurnaldagi sahifalar: 353 - 361

Yuklab olish