Muallif: Matkarimov, Qudrat Qalandarovich; Isoxonov, Javlonxon Hasan o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarga mediatsiya tartib-tamoyillarini qo‘llash muhokama qilinadi. Mediatsiyaning joriy etilishi bugungi kunning tabiiy tendentsiyasi, tadbirkorlik sohadagi nizolarni hal etish, nizolashayotgan tomonlarga ko‘proq mos keladigan natijani olish imkonini beruvchi vosita ekanligi ta’kidlandi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarda advokatlar rolini oshirish masalasi yoritildi. Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etishi va bunda munosabatlarni saqlab qolish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi nuqtayi na’zaridan yondoshildi.
Kalit so'zlar: Mediatsiya, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolar, advokatning medaitorlik faoliyati, mediator, huquqiy nizo va nizolarni muqobil hal etish, konflikt.
Jurnaldagi sahifalar: 25 - 34