Muallif: Karimova, Madina Xolmuratovna
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘spirinlik davrida axloqiy hislarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida yoritilgan bo‘lib, o‘spirin atrof-muhit qonuniyatlarini bilishga intiladi, ezgulik va yovuzlikni farqlay oladi. O‘spirinlik davrida biz talabaga talabaday emas, bir do‘stdek munosabatda bo‘lamiz, buni bizdan o‘spirinning o‘zi ham talab etishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Maqolaning ekspriment qismida qadriyatlar yo‘nalganligi bo‘yicha natijalar tahlili keltirib o‘tilgan. Qadriyatlar reytingi metodikasida 11ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqilgan. Bunda baxtli oila, yaxshi va sadoqatli do‘stlar, salomatlik, sevgi, boylik, o‘ziga ishonch, bilim, yaxshi kasb, tabiat va san’atdagi go‘zallik, faol turmush, ijod kabi ko‘rsatkichlari birma bir tahlil qilinib o‘spirinlar hayotidagi muhimlik darajasi bo‘yicha tartibga solinib chiqildi. Qadriyatlarga yo‘nalganlikni psixologik tahlil qilish ularda qaysi qadriyatlar yuqori va qaysi qadriyatlar pastroq reytingda ekanligi ko‘rsatildi. Ayni paytda o‘spirinlar tarbiyasini rejalashtirishdan avval psixologik tashxis o‘tkazish zarurligi yana bir bor anilab olindi. O‘spirinlar ma’naviyati shakllanganlik darajasini, uni yuksaltirish, takomillashtirish vazifasi qo‘yilganda esa M. Rokich yoki Ye.Fantalovaning qadriyatlarga yo‘naltirilganlikni aniqlash metodikalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ma’lum bo‘ldi.
Kalit so'zlar: Axloq, his, hissiyot, o‘spirinlik davri, talaba, axloqiy fazilat, qadriyat, xulq-atvor, bilim, ma’naviyat, dunyoqarash, e’tiqod.
Jurnaldagi sahifalar: 143 - 149