19.10.2025
251
TA’LIM – O’TMISH BUGUN VA KELAJAK

Muallif: Nosirov, Sabohiddin

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi mustaqil O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim tizimini rivojlantirishga berilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil yoritilgan. Maqolada yoshlarni ta’lim sohasidagi ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishga, ertangi kunga bo'lgan ishonchini oshirishga, yurtining ozod va obod bo'lishi uchun hamma kuch va imkoniyatlarini safarbar etishiga oid taklif va xulosalar berilgan. Davlatimizning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalaridan biri ta’lim tiziminining samarali faoliyatini ta’minlash, ilm-fanni yuksaltirish, yoshlarni ilmga intilishida va ilmni yuksaltirishida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Maqolada ham bu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun millatimiz va xalqimizning ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan ma’naviy merosini o'rganish, jahon ilm-fani yutuqlaridan dasturilamal sifatida foydalanish lozimligi chuqur tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: ilm-fan, ta’lim, meros, texnika-texnologiya, taraqqiyot, ma’naviy-axloqiy rivojlanish, millat, innovatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 152 - 158

Yuklab olish