21.05.2026
12
TA’LIM TARAQQIYOTIDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR SHERIKCHILIGINING HUQUQIY MEXANIZMLARI

Muallif: Xodjiev, Y.; Muxammadiyeva, S.

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim taraqqiyotida davlat va xususiy sektor sherikchiligining huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi qonunchiligi, xususan, “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalarining raqobatbardosh muhitni shakllantirishdagi o‘rni, xususiy sektor uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish va amalga oshirish tartiblari tahlil etilgan. Maqolada tender asosida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali bitim tuzish mexanizmlari, tender mezonlarining shaffoflik hamda tenglik tamoyillarini ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida davlat va xususiy sektor hamkorligi ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda malakali kadrlar tayyorlashning muhim omili ekanligi xulosasi ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, DXSh, ta’lim tizimi, nodavlat ta’lim muassasalari, ta’lim sifati, xususiy sektor, innovatsion yondashuvlar, raqobat muhiti, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, tender mexanizmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar, huquqiy mexanizmlar, investitsiyalar, ta’limni modernizatsiya qilish, malakali kadrlar tayyorlash.

Jurnaldagi sahifalar: 567 - 572

Yuklab olish