30.03.2022
697
TALIM XIZMATLARIDA MARKETING BOSHQARUVI

Muallif: Avliyoqulov, Ashurali Avazovich; Ermatova, Maftuna Arslonbek qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida davlat va no davlat ta’lim xizmatlari rivojlanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolar, ularni bartaraf etishga qaratilgan izlanishlar yoritilgan. Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat ta’lim markazlarining aholiga xizmati darajasini takomillashtirishda ya’ni jahon stantardlariga moslashtirishda butun jahonda ayniqsa rivojlangan mamlakatlarning ta’lim sohasidagi marketing faoliyatini o‘rganish natijasiga tayanib yechimlar va xulosalar bayon etildi. Ushbu yo‘nalishga oid izlanishlar, ilmiy ishlar muhokama qilingan. Ta’lim sohasiga oid qarorlar va ularni amaldagi natijalari, shu o‘rindi so‘ngi yillarda oliy ta’lim tizimini har tomonlama to‘liq boshqarish va qulaylashtirish maqsadida yangi tizimning tashkil etishilishi ko‘rib chiqiladi. Agar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida jahon tan olgan ta’lim obyektlarining bir nechta strategiyalarini qo‘llasak, viloyatdagi ta’lim muassasalari o‘z reytingini ancha yaxshilab olishini kutishimiz mumkin, shu o‘rinda, aytib o‘tish joizki, so‘ngi yillarda oliy ta’lim obyektlari bosqichma- bosqich jahon standartiga mos ravishda kredit modul tiziga o‘ta boshlashdi, va shu kabi o‘zgarishlar haqida maqolada qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so'zlar: marketing, marketing strategiyasi, raqobatbardoshlik, ta’lim tizimi,ta’lim sifati, ta’lim xizmatlari bozori, xizmatlar sohasini rivojlantirish ,xalqaro a’loqalar.

Yuklab olish