Muallif: Xolmatova, Vazira Narzullaevna
Annotatsiya: Savol gaplari savol qoʻyish maqsadiga ega nutqiy harakatining lisoniy voqelanishidir. Boshqacha aytganda, savol gapi ma'lum turdagi nutqiy harakatga mos keladigan sintaktik qurilma. Shu bois, savol gapini ma'lum koʻrinishdagi sintaktik belgilarga ega sirtqi struktura sifatida tavsiflash bilan bir paytda, uning semantik xususiyatlari sohibi ekanligini ham e'tiborga olish lozim boʻladi. Bundan tashqari, savol tuzilmasi nutqiy faoliyatni aks ettiruvchi nutqiy tafakkur mahsulidir. Qayd etilgan xususiyatlar soʻroq tuzilmasi tarkibida oʻzaro munosabatga kirishib, yagona bir ajralmas yaxlitlikni hosil qiladi.
Kalit so'zlar: Nutkiy tuzilma, savol gapi, semantika, pragmalingvistika, nutkiy akt, intonasiya, intensiya, konnotativ ma'no, tub ma'no.
Jurnaldagi sahifalar: 242 - 248