Muallif: Saidmusayev, Jasurbek G‘ofur o‘g‘li
Annotatsiya: Ichki bozorni himoya qilish davlatning iqtisodiyotga ta’sirining eng muhim sohalaridan biridir. O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati bilan bir qatorda tovarlarning raqobatbardoshligiga ega bo‘lish muhimdir. Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakat ichida kuchli sanoat bazasini yaratish, huquqiy infratuzilmani vujudga keltirish, xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan mustahkam huquqiy aloqalarni o‘rnatish, sanoatning samarali sohalarini xorijiy kompaniyalarning insofsiz raqobatidan himoya qilish talab etiladi. Bunday himoya vositalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tovarlarning ichki bozorini himoya qilish choralari hisoblanadi. Ushbu mexanizmda O‘zbekiston hukumati tomonidan joriy etilgan antidemping, kompensatsiya va maxsus himoya choralari asosiy rol o o‘ynaydi.
Kalit so'zlar: Valyuta nazorati, soliq nazorati, bojxona nazorati, demping, antidemping, tartibga solish.
Jurnaldagi sahifalar: 89 - 98