04.04.2025
93
TEMIR VA RUX TUZLARI ISHTIROKIDA XINOLINLAR SINTEZ QILISH

Muallif: Axmedova, Fazilat Karimovna; Niyazmetov, Azamat Rahmatjonovich

Annotatsiya: Ushbu izlanishimizda 2-arilxinolinlar sintezini amalga oshirishda FeCl3·6H2O va ZnCl2 katalizatorini qo‘llab, 62 va 50 % unumlarda mahsulotlar (4a va 4b) olishga erishdik. Anilin, benzaldegid, p-nitrobenzaldegid, sirka aldegidi orasidagi reaksiyaga turli erituvchilar (DMSO, DMFA, Benzol) va katalizator miqdorining ta’sirni o‘rganildi. Reaksiya olib borishda anilin va benzaldegid bilan Shiff asosi hosil bo‘lgandan keyin katalizator ishtirokida sirka aldegid qo‘shilgan. Reaksion aralashma kolonkali xromatografiya (elyuent-geksan:xloroform,9:1) yordamida tozalanib olingan.

Kalit so'zlar: Alkaloid, 2-fenilxinolin, 2-(4-nitrofenilxinolin, katalizator, DMSO, DMFA.

Jurnaldagi sahifalar: 177 - 182

Yuklab olish