24.08.2026
23
“TEMUR TUZUKLARI”DA KADRLAR SIYOSATI VA STRATEGIK QARORLAR QABUL QILISH MEXANIZMI: ZAMONAVIY MENEJMENT VA O‘RTA ASRLAR MANBASHUNOSLIGI SINTEZI

Muallif: Ro‘ziqulova, Zarina

Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi tajribasi “Temur tuzuklari” manbasi asosida kadrlar siyosati va strategik qarorlar qabul qilish mexanizmi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Amir Temur tomonidan davlat xizmatiga shaxslarni tanlash, ularni mansablarga tayinlash, faoliyatini nazorat qilish, rag‘batlantirish va javobgarlikka tortish bilan bog‘liq tamoyillarni aniqlash hamda ushbu tarixiy tajribani zamonaviy menejment tushunchalari bilan qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, strategik qarorlarni shakllantirishda maslahat, kengash, axborot yig‘ish, vaziyatni baholash, qat’iy qaror qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish kabi mexanizmlar o‘rganiladi.

Kalit so'zlar: Amir Temur, “Temur tuzuklari”, kadrlar siyosati, davlat boshqaruvi, strategik qaror, menejment, vazirlik instituti, davlat xizmati, maslahat, nazorat, manbashunoslik.

Jurnaldagi sahifalar: 170 - 186

Yuklab olish