22.05.2022
472
THE DOCTRINE OF FRUSTRATION IN ENGLISH CONTRACT LAW AND COMPARATIVE ANALYSIS WITH THE CONTRACT LAW OF UZBEKISTAN

Muallif: Akhtamova, Yulduz; Niyozov, Khushnudbek

Annotatsiya: Zamonaviy olam tezkor sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir davrda huquqiy tizimni vujudga kelayotgan yangiliklarga moslashtirish zaruriyati vujudga keladi. Buni o‘ziga xos huquq evolyutsiyasi deb atash mumkin. Huquq oilalari turli xil yo‘lni bosib o‘tyapti va har biri o‘z tizimini yaratib bormoqda. Biroq, ushbu huquqiy oilalar yangi davr talablariga moslashish uchun doimiy o‘zgarish va yangiliklar yaratishi lozim. Yangiliklar yaratish va huquqiy oilani to‘yintirib boorish usullari esa turli xil. Olimlarning izlanishi natijasida vujudga keladigan yangi huquqiy institutlardan tortib, sohalarga chuqurlashib borishgacha misol qilib keltirish mumkin. Shu yo‘llardan biri boshqalarning unumi tajribasidan foydalanish, ushbu tajribani tadbiq etish yoki uni o‘zi huquqiy tizimiga singdirish hisoblanadi. Bu eng keng tarqalgan huquqiy oilalar o‘rtasida uchrab turadigan holat. Biz quyida jahon tajribasida ingliz shartnoma huquqining frustratsiya doktrinasi mexanizmini o‘rganamiz va uni boshqa huquq oilasi doirasida shakllangan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi shartnomaviy huquqqa nisbatan qiyosiy tahlilini o‘tkazishga intilamiz. Ushbu maqolada O‘zbekiston shartnoma huquqida frustratsiya elementiga xos xususiyatlar majmuini ko‘rib chiqamiz va buning keying integratsiya istiqboli yuzasidan mushohada yuritamiz.

Kalit so'zlar: Ingliz shartnoma huquqi, frustratsiya doktrinasi, O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma huquqi.

Jurnaldagi sahifalar: 701 - 706

Yuklab olish