Muallif: Aripova, Kamola Yusupovna
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek adabiyotining xalqaro miqyosdagi e’tirofi ortib borayotgani, xususan, Abdulhamid Cho‘lpon (o‘zbek yozuvchisi)ning “Kecha va kunduz” romaniga e’tibor qaratiladi. Unda romanning ingliz tiliga muvaffaqiyatli tarjima qilingani va keyinchalik uning jahon adabiy sahnasiga ta’siri yoritilgan. Maqolada, shuningdek, ushbu romanning o‘zbek madaniyati va qadriyatlari timsoli sifatidagi ahamiyati, madaniyatlararo o‘zaro tushunishni rivojlantirishdagi o‘rni ta’kidlangan. Ushbu tadqiqotda yuqorida tilga olingan ilmiy ishlardan farqli ravishda badiiy matnlardagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, giperbola kabi stilistik vositalar hamda frazeologik birliklarning boshqa tillarga tarjimalarda aks etishini o‘rganamiz. Tarjima jarayonida qo‘llanilgan usul va strategiyalarni ham asl badiiy matnlar va ularning tarjimalarini qiyoslash orqali tahlil qilamiz. Jarayonda foydalaniladigan tarjima texnologiyasi umumlashtiriladi.
Kalit so'zlar: Lingvomadaniyat, frazeologizm, lingvomadaniyat, reallik, frazeologik birliklar, arxetiplar, paremiologik, lingvistik, qiyosiy tadqiqot, madaniy voqelik, lingvokulturologik algoritmlash milliy-madaniy xususiyat leksik-semantik.
Jurnaldagi sahifalar: 190 - 202