Muallif: Kholmuminov, Jafar Mukhammadievich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Movarounnahr va Xurosonda tasavvuf va irfonning mavqeyi, irfon (tasavvuf) falsafasining mohiyati va xususiyatlari yoritilgan. Unda islom dini va uning gumanistik ta’limoti, inson va olam muammosi, borliqning birligi, Vahdat ul-vujud falsafasining mohiyati Sharq allomalari qarashlari asosida tadqiq etiladi. Ayniqsa, inson mohiyatining murakkabligi va xilma-xilligi, Inson va olam munosabatlariga diniy va dunyoviy yondashish masalasi tasavvuf ta’limotining asosiy muammosi ekanligi ta’kidlanadi. Muallif Sharq mutafakkirlaridan Ibn al-Arabiy va Abdurahmon Jomiyning tasavvuf falsafasining “Vahdat al-vujud” ta’limotini va bu boradagi qarashlarini qiyosiy tahlil etadi. Shuningdek, ushbu maqolada Movarounnahr va Xuroson tasavvufidagi ba'zi ta'limotlar tahlil qilinadi. Muallif Hakim Termiziy, Xoja Abu Yusuf Hamadoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso Buxoriy, Muhyiddin ibn al-Arabiy, Najmuddin Kubro, Aziziddin Nasafiy, Shayx Alauddavla as-Semnoniy, Abdurahmon Jomiy kabi tasavvufning ko‘zga ko‘ringan namoyandalarining falsafiy ta’limotlari, Movarounnahr va Xurosondagi tasavvufiy tariqatlarning mohiyatini ochib beradi, tasavvuf ta’limotining islomniy bir ta’limot sifatida butun musulmon dunyosida katta ta’sir va nufuzga ega bo`lganligini ta`kidlaydi.
Kalit so'zlar: Tasavvuf, Irfon, Ibn al-Arabiy, Abdurahmon Jomiy, Naqshbandiya, irfon falsafasi, Vahdat ul-vujud falsafasi, mohiyat, inson mohiyati, sof falsafa, ilm, e’tiqod va axloq, so‘fiylik dunyoqarashi, tasavvuf maktablari, falsafiy munozaralar, ruhiy ustoz.
Jurnaldagi sahifalar: 76 - 92