28.01.2023
220
TIL, OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQNING AKT BILAN BOG‘LIQLIGI: IJTIMOIY-MADANIY PERSPEKTIVA

Muallif: Baxronova, Dilrabo; Bekpulatov, Habibulla

Annotatsiya: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va multimedia hujjatlarning joriy etilishi va AKT vositasida amaliyotlarga o‘tish bilan barcha sohalarda yozma nutqdan foydalanish uslubiyoti o‘zgardi. Shu sababli, o‘qish va yozishga nisbatan an’anaviy savodxonlik konsepsiyasi “yangi turdagi matnlar” (elektron pochta xabarlari, elektron xarita va formulalar, elektron jadvallar, Power Point taqdimotlari, turli veb-sahifalar va h.k.) – matnlarni elektron shaklda joylashtirish, ularni tezda o‘zgartirish va talqin qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Elektron matnlarning keng imkoniyati, AKTning to‘xtovsiz rivojlana borishi, qulayliklari ularning ommalashishiga va dastlabki salbiy qarashlarning o‘zgarishiga olib keldi. Ushbu yangi turdagi elektron matnlar audiovizual elementlarning ko‘proq mavjudligi, ma’lumotlarning chiziqli bo‘lmagan joylashuvi, jarayonning tezligi hamda ulardagi o‘zgarishlarning kompyuter va kompyuter tarmoqlarining simulyatsiya qobiliyatiga bog‘liqligi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oldi. Elektron “multimedia” va multimodal matnlar uy, jamoat joylari va ayniqsa, sinf/auditoriyalarda yozma nutq amaliyotining muhim qismi sifatida faqat so‘zlarni emas, balki elektron va moddiy vositalarda taqdim etilgan, matnlarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan audiovizual resurslar – chizma, rang, fon, piktogramma va tovushlar kabi boshqa semiotik aloqa usullarini ham o‘z ichiga oladi. Gap (yozma) til texnologiyasi haqida ketar ekan, u nimalardan iborat degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Kalit so'zlar: AKT, Til texnologiayalari, Tabiiy tilni qayta ishlash, mashina tarjimasi, elektron suhbat tizimlari.

Jurnaldagi sahifalar: 517 - 525

Yuklab olish