27.12.2024
35
TOSHKO‘MIRNI FLOTATSIYA USULI BILAN BOYITISHNI TADQIQ QILISH

Muallif: Xujakulov, Nurmurod Botirovich; Boyxonova, Mohigul Yusuf qizi

Annotatsiya: Ko‘mirning sifatini yaxshilash uchun u boyitiladi, ko‘mirni boyitish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad uni tarkibidagi yonmaydigan chiqindi jinslar, kvars minerallari va zararli qo‘shimchalardan tozalash natijasida foydali komponentning konsentratsiyasini oshirish hisoblanadi. Boyitish texnikasi va texnologiyasini hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni rivojlantirish, muayyan jarayonlardan foydalanish xom ashyoning sifat xususiyatlari, mavjud tendensiyalar bilan belgilanadi. Ko‘mirni boyitishning quyidagi asosiy usullari mavjud: gravitatsiya, flotatsiya, magnit, elektr va maxsus boyitish usuli. Ushbu usullarning har biri umumiy fizik yoki fizik-kimyoviy xususiyatlarga asoslangan bir qator jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ular orqali material ajratiladi va farqlanadi. Shunday qilib, bugungi kunda barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarda barcha qazib olingan toshko‘mirlarning 70 dan 90% gacha, xususan, Germaniyada – 95%, Buyuk Britaniyada – 75%, AQShda esa – 55% boyitilgan. Biroq ko‘mirni boyitish bo‘yicha jahon yetakchilari Janubiy Afrika va Avstraliya bo‘lib, u yerda eksport qilinadigan ko‘mir 100% boyitiladi.

Kalit so'zlar: koʻmir, flotatsiya, flotareagent, motor moyi, T-92 oksal moyi, UKK, boyitma, chiqindi.

Jurnaldagi sahifalar: 193 - 199

Yuklab olish