Muallif: Berdiyeva, Oydin
Annotatsiya: Multimediya vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Ma’lum bir davrda janr deb atalgan materiallar esa keyinchalik boshqalariga birikib ketishi va ma’lum bir janrning elementi sifatida e’tirof etilishi ham bor haqiqat. Uni talab va ehtiyojlar barobarida, yuksak iste’dodlar yaratadi va ularning izlanishlari an’anaviy “qolip”dan chiqib ketadi. Bu bevosita ijodiy muhit, taraqqiyotining ildizlari va undan oldingi faoliyatning qay darajada mukammalligiga borib taqaladi. Mukammal yaratilgan OAV asarlari esa, yangilikka intiluvchan yoshlar ma’naviyatini sayqallashga, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Multimedia, Internet, video, grafika, animatsiya, globallashuv, tovush kolonkalari
Jurnaldagi sahifalar: 120 - 126