Muallif: Ostanaqulov, Hikmatillo Akmaljon o‘g‘li; Nazarova, Gulchehra Nurmuxanbetovna
Annotatsiya: Metropoliten tarmog‘i kengayganda yangi stansiyalarda oldingi yillarga oid ma’lumotlar bo‘lmasligi, mavjud stansiyalardagi yo‘lovchi oqimi esa vaqt davomida o‘zgarib borishi prognozlashni murakkablashtiradi. Maqolada ushbu muammolarni yechishga qaratilgan Meta-LSTM, Metro-MGAT va IMGSN modellarining ishlash xususiyatlari yoritildi. Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar sonining 2016-yildagi 53,5 milliondan 2025-yilda 287 milliongacha ko‘payishi va tarmoqni 2030-yilgacha 79 ta stansiya hamda 103 kilometrga yetkazish rejalari mavjud prognozlash tizimini yangilash zarurligini ko‘rsatadi. Turniket, elektron to‘lov, qatnov jadvali va stansiyalarga oid ma’lumotlarni birlashtirish, yangi stansiyalar oqimini o‘xshash stansiyalar ko‘rsatkichlari orqali dastlabki baholash hamda prognozni yangi ma’lumotlar asosida muntazam yangilab borish Toshkent metropoliteni uchun maqbul yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Kalit so'zlar: yo‘lovchi oqimi, Toshkent metropoliteni, fazoviy-vaqtli tahlil, graf neyron tarmog‘i, transfer o‘rganish, inkremental o‘rganish, yangi stansiya, axborot-tahliliy boshqaruv.
Jurnaldagi sahifalar: 219 - 229