Muallif: Kalandarova, Madina Baxadirovna
Annotatsiya: Perinatal psixologiya homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarning psixologik holatini o‘rganadi. Ushbu bosqichlarda ayollarning ruhiy zo‘riqishlari, gormonal o‘zgarishlar va ijtimoiy-madaniy omillar psixoemosional holatga ta’sir qiladi. Tadqiqotlar homiladorlik va tug‘ruq oldidagi stress va salbiy his-tuyg‘ular tug‘ruqqa tayyorgarlikni qiyinlashtirishi, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi depressiya va psixopatologik buzilishlar xavfini oshirishini ko‘rsatadi. Perinatal psixologiya biopsixososial yondashuv orqali ayollarga psixologik yordam va tibbiy kuzatuvni yaxshilash imkonini beradi, bu esa psixoemosional buzilishlarni erta aniqlash va oldini olishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Perinatal psixologiya, homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr, emotsiya, tug‘ruqdan keyingi depressiya.
Jurnaldagi sahifalar: 269 - 274