Muallif: Bekmurodova, Laylo
Annotatsiya: Yangi axborot texnologiyalari ta'siri ostida faollashayotgan integratsiya va globallashuv jarayonlari mijozlar psixologiyasining o‘zgarishi bilan belgilanadigan mehmonxona talabida yangi tendentsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, butun dunyoda asosiy e'tibor mehmonxonani o‘ziga xos tarkib bilan to‘ldirishga qaratilgan. Mehmonxonalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi xizmatlar sifatini oshirish, mehmonxona xodimlarini xalqaro darajaga muvofiq tayyorlash va kelajakda mehmonxona sanoatini rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir. Turizm bosqichma-bosqich mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog’iga aylanayotganligini hisobga olgan holda mintaqalarning salohiyatini turizm sohasiga to‘liq jalb etishni, xizmatlar sohasini rivojlantirishni, Buyuk ipak yo‘lida turizm yo‘nalishining jozibador markazi sifatida respublikaning ijobiy qiyofasini shakllantirishni ta’minlaydigan, yuqori malakali va jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga obyektiv zarurat yuzaga kelmoqda.
Kalit so'zlar: turizm, mehmondo‘stlik industriyasi, turistik mahsulot, kadrlarni tayyorlash, mataxassislar, talabalar, malakali tajriba, ta’lim dasturi.
Jurnaldagi sahifalar: 266 - 273