Muallif: Sabirova, Zuxra Shakirovna
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola turk va o‘zbek tillarida qarindoshlik atamalari va ularning leksik-semantik xususiyatlari masalalariga bag‘ishlanadi. Turklarda tug‘ishganlik va qondoshlik masalasida ota tomonning mavqei hamisha yetakchi boʻlib kelgan va bu tilshunoslikda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning lingvistik qiymatining sababi insonning yaqinlari, qavm-qarindoshlari bilan o'zini anglashning uzluksiz jarayonida yotadi. Bir tomondan, u so'z boyligining barcha yangi qatlamlarini qamrab oladi, boshqa tomondan, turli darajadagi til darajalariga kirib boradi. Turk tilida qo‘llaniladigan ota tomonidan qarindoshlik nomlari ma’no jihatdan tahlil qilinadi va bu orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, qavm-qarindosh, aqrabolik nomlari, obraz, uy, avlod, ajdod.
Jurnaldagi sahifalar: 209 - 214