15.12.2025
29
TURKISTON ASSR TARIXIY GEOGRAFIYASI

Muallif: Yuldosheva, Bibirajab; Sharifova, Shodiya

Annotatsiya: Ushbu maqola Turkiston ASSRning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yuz bergan hududiy-siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy o‘zgarishlarning tarixiy geografik manzarasini tahlil etadi. Tadqiqotda 1918–1924 yillar davomida respublika chegaralarining belgilanishi, milliy-hududiy siyosatning ta’siri, ma’muriy bo‘linmalar transformatsiyasi, aholi joylashuvi va xo‘jalik hududlarining qayta tashkil etilishi bo‘yicha tarixiy manbalar, kartografik materiallar va arxiv hujjatlari asosida ilmiy xulosalar beriladi. Maqola Turkiston ASSRning siyosiy-geografik qiyofasi qanday shakllanganini ko‘rsatib, Markaziy Osiyoda sovet davlatchiligining ilk bosqichlaridagi hududiy jarayonlarni kompleks tarixiy-geografik tahlil asosida yoritadi.

Kalit so'zlar: Turkiston ASSR, tarixiy geografiya, ma’muriy-hududiy bo‘linish, milliy-hududiy siyosat, demografik jarayonlar, sovetlashtirish.

Jurnaldagi sahifalar: 115 - 126

Yuklab olish