Muallif: Yuldosheva, Bibirajab; Muhiddinova, Charos
Annotatsiya: Mazkur maqolada Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasini bosib olganidan so‘ng agrar sohada olib borilgan siyosat, xususan, “oq oltin” – paxtaga bo‘lgan iqtisodiy va strategik qiziqish asosida amalga oshirilgan agrar islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda paxta monokulturasi siyosatining shakllanish jarayoni, bu siyosatning mahalliy agrar tizim va oziq-ovqat xavfsizligiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri keng yoritilgan. Xususan, oziq-ovqat yetishtirishning qisqarishi, dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy zaiflashuvi va ekologik muammolar, jumladan, Orol dengizining qisqarishi hamda yerlarning sho‘rlanishi kabi ekologik ofatlar muhim muammo sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada, shuningdek, paxtachilikning majburiy tus olishi oqibatida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzida yuzaga kelgan salbiy o‘zgarishlar tarixiy-huquqiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Rossiya mustamlakachilik siyosatining agrar-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini chuqur ochib berishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Turkiston o‘lkasi, “oq oltin” siyosati, paxta monokulturasi, Chor Rossiya agrar siyosati, yer-suv islohotlari, qishloq xo‘jaligi tizimi, Orol dengizi ekologik inqirozi, oziq-ovqat xavfsizligi, agrar-siyosiy bosim, ekologik va ijtimoiy salbiy oqibatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 676 - 682