02.01.2022
531
TURKIYA ANTAKIYADAGI O’ZBEKLAR TAKIYASI TARIXI

Muallif: Bebitov, Maqsud Abdirasulovich

Annotatsiya: XII- asrda Yusuf Hamadoniy tomonidan Marv shahrida asos solingan so’fiylikning hojagan tariqatining davomi boʻlgan naqshbandiya tariqati[1] Bahouddin Naqshbandiy davrida Turkistonda keng tarqalib, keyinchalik Hindiston, yaqin sharq, hatto Xitoy va Indoneziyagacha kirib bordi[2]. Anatoliyaga esa XVI- asrda kirib kelgan[3]. Ammo uning Anatoliyada samarali faoliyati XV-asrning oxirlarida Abdullohi Ilohiy va Amir Ahmad Buxoriy bilan bog’liq bo’lib ushbu naqshbandiy darveshlaridan biri Amir Ahmad Buhoriy Istanbulning Fotih tumanida Naqshbandiy maskanini, soʻngra yana bir Naqshbandiy takiyasini Ayvonsaroyda qurdiradi[4]. Naqshbandiylar XVI- asr boshlarida Istanbulda oʻz mavqyeni mustahkamlaganlaridan soʻng, ular Usmoniylar imperiyasining turli hududlariga tarqala boshladilar va naqishbandiylikni yoyilishi uchun boshqa viloyatlaridan ayniqsa haj ziyorat yoʻlidagi Usmoniylar shaharlarda [5] Turkiston, Hindiston va Uzoq Sharqdan kelgan xojilarga xizmat ko’rsatish va tariqatlarini kengroq yoyish maqsadida takiyalar berdilar. Bu darvesh takiyalari Buxoro Takiyasi, Oʻzbek va Turklar Takiyasi va Hindlar Takiyasi kabi darveshlarning kelib chiqishi yoki kimligini aks ettiruvchi nomlar bilan atalgan. Anadoluga kelgan birinchi naqshbandiylar naqshbandiya tariqatining Ahroriyya tarmogʻiga mansub Ubaydulloh Ahror tarafdorlaridir. Keyingi asrlarda Naqshbandiya tariqatining Kosoniy, Urmaviy, Mujaddadiy, Muradiy, Kuryoniy va Xolidiy tarmoqlari vakillari ergashdilar. Xususan XVIII asirda Mujaddadiylar XIX Xolidiylarning kelishi bilan Naqshbandiya tariqati Usmonli davlatida tez tarqaldi va Usmonlilar imperiyasidagi eng yirik tariqatlardan biriga aylandi[6].

Kalit so'zlar: Takiya, Turkiston, Naqshibandiy, Tariqat, Sofiy Antakiya, Anatoliya, Haj, shayx, darvesh, murshid.

Yuklab olish