Muallif: Mirzatillayeva, Sevinch Baxrom qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati, uning shakllanishi va amaldagi yo‘nalishlari yoritib beriladi. Turkiya tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan geosiyosiy joylashuv, tarixiy tajriba hamda ichki siyosiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi izchil bayon etiladi. Ayniqsa, Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (ATP) hokimiyati davrida tashqi siyosatda kuzatilgan o‘zgarishlar, ko‘p yo‘nalishli diplomatiya, pragmatik yondashuv hamda turkiy dunyo g‘oyasining siyosiy amaliyotdagi o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Turkiyaning G‘arb davlatlari bilan an’anaviy hamkorligi bilan bir qatorda, Yaqin Sharq, Kavkaz va boshqa mintaqalarda olib borayotgan faol siyosati orqali mintaqaviy ta’sir doirasini kengaytirishga intilishi ochib beriladi. Shu bilan birga, zamonaviy tashqi siyosat doirasida yuzaga kelayotgan muammolar, manfaatlar muvozanati va strategik rejalar masalasiga ham to‘xtalib o‘tiladi.
Kalit so'zlar: Arab bahori, ko‘p vektorli tashqi siyosat, neousmoniylik, strategik chuqurlik, panturkizm, strategik muvozanat, yumshoq kuch, Turk modeli.
Jurnaldagi sahifalar: 529 - 541