Muallif: Rajapov, Pirnazar
Annotatsiya: Bugungi kunda Turkiyada Imom Moturidiy va Moturidiylik ta’limotiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, Bunday diqqat-e’tiborning ortishida beqiyos ilm sohibi Prof. Dr. Bekir Topal o‘g‘li (1936-2016) va Prof. akademik Sharafiddin Go‘ljuk (1940-yil tug‘ilgan) ning o‘rni alohida sezilib turadi. Mazkur olimlar Moturidiy asarlari bo‘yicha ilmiy ishlari bilan Moturidiylik kalomiga oid tadqiqotlarga katta hissa qo‘shishdi. Jumladan, Bekir Topal o‘g‘li Moturidiyning “Kitob at-tavhid”, Ali ibn Usmon al-O‘shiyning (vafoti 1179) “Ba’dul amoliy”, Nuriddin as-Sobuniy (vafoti 1184) ning “Maturidiyye akaidi”/ “el-Bidâye fî usûli’d-din” asarlari ustida tadqiqotlar olib borib, arabchadan turkchaga tarjima qilgan. Shuningdek, Moturidiyning “Tavilot al-qur’on” tafsirini turkchaga tarjima qilishni ham boshlagandi (turkcha tarjima loyihasi Prof. Dr. Yusuf Shavkiy Yavuz muharrirligida tamomlandi).
Kalit so'zlar: Imom Moturidiy, Moturidiylik ta’limoti, Bekir Topal o‘g‘li, Sharafiddin Go‘ljuk, kalom, “Kitob at-tavhid”, “Tavilot al-qur’on”, tahqiq, tarjima.
Jurnaldagi sahifalar: 526 - 538