14.02.2026
30
TURKIYANING ZAMONAVIY TASHQI SIYOSATI VA UNDA MARKAZIY OSIYO YO‘NALISHI

Muallif: Japparov, Shuhrat Gapparovich

Annotatsiya: Ushbu maqolani asosiy obyekti sifatida Turkiya tashqi siyosati tanlab olingan bo‘lib, predmet sifatida uning huquqiy asoslari, zamonaviy jihatlar va ustuvor yo‘nalishlari hamda asosiy strategiyalari belgilab olingan. Shuningdek, Zamonaviy Turkiya tashqi siyosatining turkiy dunyoga qaratilgan strategiyasi, asosan Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlaridagi joylashgan turkiyzabon davlatlarga nisbatan amalga qo‘llayotgan madaniy va xalq diplomatiyasi tadqiqotda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida Turkiya xalq diplomatiyasi, turkiy dunyo mamlakatlari bilan munosabatlarida alohida o‘rni borligi ochib berilgan. Bundan tashqari, maqolada tashqi siyosat va diplomatiyaning samarali ta’siri hamda tashqi siyosatni amalga oshirishdagi yumshoq kuch vositasining istiqbollari haqida nazariy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, tashqi siyosat, diplomatiya, madaniy diplomatiya, TDT, TIKA, Yunus Emre, TURKSOY.

Jurnaldagi sahifalar: 508 - 515

Yuklab olish