12.10.2021
643
Tursunov, A. (2021). MASHRAB SHE’RIYATIDA O ‘ZLIKNI ANGLASH YO ‘LI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 189-196.

Muallif: Abdurashid Tursunov

Annotatsiya: Ushbu maqolada Mashrab she’riyatidagi o‘zlik, nafsni yengish, Haq yo‘lidagi oshiqning holi hanuz radifli g‘azali tahlili orqali o‘rganilgan. Muallif ushbu g‘azalni sharhlar ekan, g‘azalda qo‘llanilgan so‘zlarning katta qismini maxsus tadqiq etadi. G‘azal matni mazmun-mohiyatini ochishda ular anglatayotgan ma’nolar ko‘lamini mukammal idrok etishga harakat qiladi. Sharq adabiyotida muayyan timsolga aylanib ulgurgan shaxslar nomining ildiziga nazar tashlash, joy nomlarining badiiy vazifasini aniqlash, ularni muhim manbalarga tayanib tushuntirish va asoslash g‘azalning botiniy ma’nosini to‘g‘ri tushuntirish uchun yo‘l ochgan. Ushbu g‘azal tahlilida Mashrabning hayot yo‘li, shaxsiyati va ruhiy olami bilan tutashgan nozik nuqtalarni ilg‘ash lirik qahramon zohiriy va botiniy olamini to‘g‘ri tasavvur etishda, uning “hol”ini anglashda qo‘l kelgan. Ijodkor niyati – g‘azal mazmun-mohiyatini undagi obrazlar, badiiy san’at va tasviriy vositalar tanosubida tushuntirish natijasida Mashrab she’riyatidagi g‘oya va badiiyat uyg‘unligi aniqlangan. Eng muhimi, Mashrab ijodida tasavvuf g‘oyalarining badiiy talqini g‘azal matnidagi timsollar va ushbu ta’limotning nazariy masalalariga bag‘ishlangan manbalarga asosida o‘rganilgan. Tasavvufiy istilohlar mazmun-mohiyatiga, ularning eng nozik ma’nolariga e’tibor qaratilgan. Mashrab ushbu g‘azalining poetik tili, dardli misralar ifodasidagi ohangdor ritm – uslub tadqiq etilgan. Umuman olganda, adabiyotimiz tarixida Mashrabning buyuk shoir sifatidagi o‘rni, shoir she’riyatining ahamiyati shu g‘azal tahlili orqali ko‘rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: g‘azal, shoir, ma’no, badiiy san’at, tasvir vositalari, poetik til, tasavvufiy ma’no, nazariy manba, tasavufiy mazmun va badiiyat uyg‘unligi, sharh va tahlil.

Yuklab olish