Muallif: Hamidov, Hayrullo Ismoilovich; Narzullayev, Jahongir Norbobo o‘g‘li; Nazarova, Zinnura Saidahmad qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada flotatsiya jarayoni boyitmasida mavjud pirit (FeS2) mineralini turli sharoitlarda oksidlanishi o‘rganildi. Tadqiqotda oksidlovchi sifatida vodorod peroksid (H2O2), organik kislotalar qo‘llanildi va kuchli kislotali muhitda olib borildi. Jarayonning asosiy parametrlariga pH, OQP (oksidlanish-qaytarilish potensiali), harorat va qo‘shimcha reagentlar ta’siri o‘rganildi. Asosiy tadqiqot obyekti, flotoboyitma, tarkibidagi piritni turli sharoitlarda oksidlanishi tajribaviy o‘rganildi. Olingan natijalar sulfidli boyitmalarning gidrometallurgik qayta ishlash texnologiyasini tanlash va optimallashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: gidrometallurgiya, sulfidli boyitma, pirit (FeS2), arsenopirit (FeAsS), uch valentli temir ioni (Fe3+), oksidlanish kinetikasi, qayta tiklanish mexanizmi, ekologik xavfsizlik, qimmatbaho metallar, energiya tejamkor texnologiya.
Jurnaldagi sahifalar: 883 - 887