Muallif: Abdukodirova, Damira Damirovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutqiy xulq-atvor va xushmuomalalikning universal hamda madaniyatga xos jihatlari tahlil qilinadi. Xushmuomalalik ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar va madaniy kutilmalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan pragmatik hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda hurmat, hamkorlik va “yuzni saqlash” kabi universal xushmuomalalik tamoyillari bilan bir qatorda, tarixiy, ijtimoiy va lingvistik omillar ta’sirida shakllangan madaniy xususiyatlar o‘rganiladi. Turli tillar va madaniyatlar asosida olib borilgan qiyosiy tahlil murojaat shakllari, bilvosita nutq va pragmatik strategiyalardagi o‘xshashlik va farqlarni ochib beradi. Natijalar samarali muloqotda madaniy xabardorlik muhimligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: xushmuomalalik, nutqiy xulq-atvor, universallik, madaniy xoslik, pragmatika, madaniyatlararo muloqot.
Jurnaldagi sahifalar: 456 - 464