Muallif: Amirov, Nurbek Islamovich
Annotatsiya: Pedagog talabalar bilan qanday muloqotga kirishishi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Bugungi rivojlanayotgan davrda jamiyatda o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan ehtiyoj va talablar oshib bormoqda. Oliy ta’limda xususiy sektorning kengaytirilishi, xususiy oliy ta’lim muassasalarining ochilishi va ishga tushirilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Endi ta’limda sog’lom raqobat muhiti yaratildi va sifat va samaradorlik (OTM reytingi) uchun barcha kurashishi tabiiy holat.Ta’lim-tarbiya jarayonida ayniqsa endigina faoliyat boshlagan o‘qituvchilar tomonidan ko‘pincha xato va kamchiliklarga (boshqaruvchanlikni yetishmasligi, tajribasizlik, o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish, yoki, haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish, nutqiy kamchiliklar kabi) yo‘l qo‘yilishi holatlari bo‘ladi albatta. Bu talabalarning bilim o‘zlashtirish darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Maqolada universal va professional коммуникатив kompetensiyalar tarkibiy komponentlari va ularning xususiyatlari xususida fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Kompetensiya, kompetentlik, universal kompetentsiyalar, kasb, mutaxassis, ijtimoiy va professional jamoalar, pedagogik vaziyat, kasbiy va shaxsiy muammolar, ta'lim jarayoni.
Jurnaldagi sahifalar: 90 - 97