19.12.2023
120
UNUTILISHGA BO‘LGAN HUQUQNING AYRIM MASALALARI

Muallif: Vapayev, Karimboy Muzaffar o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asosga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarni yo‘q qilinishini talab qilish huquqi tahlil qilinadi. Bu huquq ko‘plab davlatlarda “unutilish huquqi” nomi bilan ataladi. Ushbu maqolaning dolzarbligi butun dunyoda axborot texnologiyasining rivojlanishi va globallashuvi jarayonida insonlar o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va shaxsiy daxlsizligini ta’minlashda unutilish huquqidan foydalanish asoslaridir. Maqolada unutilish huquqi bilan bog‘liq normalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqining umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi reglamenti (GDPR), Yevropa Ittifoqining “Inson huquqlari bo‘yicha nizomi” ning tegishli moddalari asosida, shunuingdek, Hindiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi asosiy qonunlarining tegishli normalari orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Ispaniya, Italiya, Argentina davlatlarida unutilish huquqi bilan bog‘liq qonun hujjatlarining qabul qilinishi va unutilish huquqi bilan bog‘liq keyslar orqali tahlil qilinadi. Mavzu doirasida xorijiy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, qilgan tadqiqot natijalaridan, jurnallardan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlaridan havolalar berildi.

Kalit so'zlar: Unutilish huquqi, shaxsga doir ma’lumotlar, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlar, ma’lumotlarni yo‘q qilinishi, raqamli huquq, shaxsiy huquq, shaxsiy erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, so‘z erkinligi.

Jurnaldagi sahifalar: 336 - 351

Yuklab olish