Muallif: Zokirova, Dilnoza Xamidullo qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonni ifodalashning morfologik, leksik va grammatik vositalari tizimli tahlil qilingan. Bunda urdu tilidagi posleloglar funksional-semantik variantlarining kelishik semantikasiga qanchalar muvofiq kelishi o‘rganilgan. Tarkibida mavjud bo‘lgan poslelogli birikmalarning turli zamon ma’nolarini, shuningdek tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt kelishiklari vazifasini bajaruvchi کو (ko) poslelogi ishtirok etgan birikmalarning aniq vaqt mazmunini ifodalashi misollar orqali asoslangan.
Kalit so'zlar: zamon munosabatlari, payt holi, ravishlar, temporallik.
Jurnaldagi sahifalar: 269 - 272