16.03.2025
70
UYG‘UR ALIFBOSI O‘ZGARISHLARINING UYG‘UR TABOBAT АТАMАLARI LEKSIK QATLAMIGA TA’SIRI

Muallif: Gisarov, Farhod

Annotatsiya: Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Uyg‘ur avtonom okrugida an’anaviy uyg‘ur tabobati (AUT) darsligi sifatida qo‘llanib kelinayotgan “Uyg‘ur tabobati xom dorilar ilmi” entsiklopediyasi va unda jamlangan ‘an’anaviy uyg‘ur tabobati (AUT)da ishlatiladigan dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar nomlari, turli minerallar va ma’danlarning nomlarini o z ichiga olgan uyg‘ur xalq tabobati atamalari misolida uyg‘ur alifbosi tarixida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning leksik jihatlariga e’tibor qaratiladi hamda bunday o‘zgarishlarning terminologiya taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil etiladi. Tabobat atamalarning yasalishi va ularning boshqa tillardagi variantlari o‘rtasidagi bog‘liqlik jihatlari, uyg‘ur tilidagi tabobat atamalarning taraqqiyot jarayonida yoyilish yo‘llari, bu sabab va omillarning uyg‘urshunoslik fani va tabobat terminologiyasi rivojidagi ahamiyati masalalariga e’tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: Xalqt tili, uyg‘ur tili, tabobat atamalari, tilshunoslik ilmi, an’anaviy uyg‘ur alifbosi, alifbo islohoti, lotin harflari, dorivor o’simlikar nomlari

Jurnaldagi sahifalar: 203 - 214

Yuklab olish