Muallif: Ismatov, Baxtiyor Axmad o‘g‘li; Lutfullayev, Sa’dulla Shukurovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada «Uzbekistan GTL» MChJda Fischer–Tropsch texnologiyasi asosida sintetik suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan texnologik ikkilamchi materiallardan polimer kompozitsion materiallar olishda foydalanish imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar tahlili asosida o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi yangi eksperimental natijalar olish, mavjud ilmiy ishlanmalarni tizimlashtirish, texnologik chiqindilarning fizik-kimyoviy tabiatini baholash va istiqbolli qayta foydalanish yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tahlil ikkilamchi materiallarni shartli ravishda ikki guruhga – “mineral tabiatli fraksiya” va “uglevodorodli fraksiya (FT-wax)” ga - ajratish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Mineral fraksiya tarkibidagi SiO₂, Al₂O₃, CaO kabi oksidlar uni PP, PE va PVC uchun potensial to‘ldirgich sifatida ko‘rish imkonini beradi, biroq yakuniy natija zarracha o‘lchami, sirt energiyasi hamda silan, stearat kabi moddalar bilan modifikatsiyaga bog‘liq. Hindiston, Janubiy Afrika, Italiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar tadqiqotlari tahlili asosida «Uzbekistan GTL» uchun texnologik chiqindilarni yagona massa sifatida emas, balki fizik-kimyoviy tabiatiga ko‘ra fraksiyalab, har bir fraksiya uchun mos texnologiyani tanlash zarur ekanligi taklif etildi.
Kalit so'zlar: Uzbekistan GTL, Fischer–Tropsch, texnologik chiqindilar, FT-wax, perlit, mineral to‘ldirgich, polimer kompozit, PVC, PP, PE, sirt modifikatsiyasi, silan, kalsiy stearat, interfeys adgeziyasi, qayta ishlash.
Jurnaldagi sahifalar: 360 - 375