16.07.2023
186
VERTIKAL SHPINDELLI PAXTA TERISH APPARATI BARABANLARINING MEXANIK YURITMASINI ELEKTRLASHTIRISH ZARURLIGI

Muallif: Shoumarova, M.; Abdillayev, T.; Yusupov, Sh.A.

Annotatsiya: Maqolada, vertikal shpindelli paxta terish apparati barabanlarining mavjud yuritmasi murakkab, uning ochiq ko'p bosqichli tishli uzatmalari tez yeyiladi va kuchli shovqin hosil qiladi. Ayniqsa birinchi qatordagi chap barabanning yuritmasi murakkab bo'lib, unga harakat apparat reduktoridan ko’p bosqichli tishli uzatmalar orqali beriladi. Ochiq shesternyalar tezda yeyilishi bir qatordagi barabanlar shpindellarning shaxmat tartibini buzadi va paxta terishning to'liqligini keskin pasaytiradi. Mutahasis olimlarimiz paxtaning deyarli 80% birinchi juft barabanlari tomonidan teriladi deb takidlaydilar. Birinchi juft baraban shpindellarining shaxmat joylashuvining tez-tez buzilishi terimning to'liqligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun mualliflar ushbu yuritmani elektrlashtirish orqali takomillashtirishni taklif qilishadi. Mashinaning harakat tarqatish reduktorini to'g'ridan-to'g'ri elektir generatori bilan almashtirish tavsiya etiladi. Elektrlashtirish orqali shpindel barabanlari yuritmalari ixcham holga keladi. Birinchi barabanlar jufti ishlov bergan g’o’za tupi holati keskin o’zgaradi. Demak, ikkinchi barabanlar jufti mutloq o’zgargan sharoitda ishlaydi, ularning o’ta past bo’lgan terish darajasini yaxshilash uchun ishchi tirqishni kamaytirish yetarli bo’lmaydi, ularning aylanish tezliklarini ham o’zgartirish lozim. Ammo, mavjud yuritma bunday o’zgarish imkonini bermaydi. Tavsiya qilinayotgan texnik yechim orqa shpindel barabanlarining tezligini oldingi qator barabanlariga nisbatan biroz o'zgartirish imkonini beradi va ularning terish darajasini oshiradi.

Kalit so'zlar: paxta terish apparati, shpindel barabani, shpindellarni shaxmat xolatda joylashtirish, paxta terishning to'liqligi, energiya tejamkorligi, shovqinni kamaytirish.

Jurnaldagi sahifalar: 124 - 130

Yuklab olish