05.10.2022
399
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING ASOSIY SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLAR

Muallif: Usmonova, Naima Toxir qizi

Annotatsiya: Bugungi kunda kelajagi buyuk davlat fuqarosi bo‘lgan komil insonni tarbiyalamasdan, uning siyosiy ongi, madaniyati, ma’naviyati, ijtimoiy va yaratuvchanlik faoliyatini yuksak darajaga ko‘tarmasdan turib, barqaror taraqqiyotga erishish mumkin emas. Yoshlarni jamiyatdagi faolligini oshirishda, hayotdagi rolini, o‘rnini aniqlashda ma’naviy, axloqiy tarbiya va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Ammo bugungi kunda mamalakatimizda yosh avlodning bilim olishi va o‘z ustida ishlab, ona vatanimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan yetuk malakali inson bo‘lib kamol topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar ko‘nglimizni bir oz xira qiladi. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining asosiy sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so'zlar: huquqbuzarlik, taraqqiyot, jamiyat, tarbiya, jinoyatchilik.

Jurnaldagi sahifalar: 380 - 386

Yuklab olish