11.05.2025
45
VYETNAM TILIDAGI “CÁI” [kai] VA “CON” [kon] HISOB SO‘ZLARINING QIYOSIY TAHLILI

Muallif: Qodirova, Dilbarxon Mirzaxparovna

Annotatsiya: Hisob so‘zlar nafaqat vyetnam tili, balki boshqa dunyo tillarida, xususan turkiy tillarda ham mavjudligi aniqlangan. Biroq vyetnam tilida ularning o‘rni va ahamiyati juda kattadir. Mazkur so‘zlar tarjima jarayonida ob’ektni kerakli kontekstga qarab, ma’no va mohiyatni to‘liq va tushinarli ifodalash - tasniflash uchun ishlatiladigan muhim so‘z yoki morfema bo‘lishiga qaramay, ular aniq bir tizimga tushirib o‘rganilmagan. “Cái” [kai] va “con” [kon] hisob so‘zlari vyetnam tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob so‘zlardan bo‘lib, semantik jihatdan tadqiqi ko‘pgina tilshunoslarni e’tiborini tortgan mavzular sarasiga kiradi. Shu jumladan, vyetnam tilidagi hisob so‘zlarni o‘zbek vyetnamshunosligida alohida, qiyosiy tadqiq etish, o‘ziga xos xususiyatlari, ularni vujuda keltiruvchi omillar, “cái” va “con” hisob so‘zlarining semantikasi, o‘xshash va farqli tomonlari, grammatik tabiati kabi masalalarini tilning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash, qo‘llanilishdagi o‘ziga xosliklar, istisnoli holatlarni aniqlash va tadqiq etish zarurati yuzaga keladi.

Kalit so'zlar: klassifikator, hisob so‘z, cái, con, standart hisob so‘z, jonsiz narsalarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z, sun’iy ob’yektlarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z, mavhum narsalarni ko‘rsatuchi hisob so‘z, harakatlanuvchi jonsiz narsalarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z, dinamik sifatga ega bo‘lgan tabiiy hodisalarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z.

Jurnaldagi sahifalar: 458 - 469

Yuklab olish