15.05.2026
50
XALQ OG‘ZAKI IJODI MATNLARIDA TOPONIMLARNING FUNKSIONAL- KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI (Qashqadaryo viloyati materiallari asosida)

Muallif: Begimov, Odil Toʻxtamishovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi matnlarida aks etgan toponimlarning funksional-kommunikativ xususiyatlari Qashqadaryo viloyati materiallari asosida tahlil qilinadi. Xususan, xalq og‘zaki ijodi matnlari toponimlari semantikasida uchraydigan nominativ, deyktik, informativ, etnologik, mnemonik va orientatsion funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, toponimlar kelib chiqishi haqidagi izohlarning farqli jihatlari, ularning semantik yuklamasi hamda etnomadaniy axborotni uzatishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Tahlillar Qashqadaryo viloyati hududida to‘plangan xalq rivoyatlari asosida olib borilgan bo‘lib, toponimlarning xalq xotirasi va tarixiy ongni saqlashdagi ahamiyati ochib beriladi.

Kalit so'zlar: toponim, toponimika, nominativ funksiya, deyktik funksiya, informativ funksiya, etnologik funksiya, mnemonik funksiya, orientatsiya, rivoyat.

Jurnaldagi sahifalar: 377 - 385

Yuklab olish