26.12.2022
226
XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI: INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI

Muallif: Axtamova, Yulduz Axtamovna; Norboyev, Samandarbek Farxodjon o’g’li

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo’llaniladigan nizolarni muqobil hal etish usuli hisoblangan arbitrajning huquqiy asosini tashkil etuvchi arbitraj bitimlarining mohiyati va tarkibiy elementlarini muhokama qiladi. Arbitraj bitimi bilan bog’liq asosiy masalalarni ochib berishda asosiy e’tibor ingliz huquqi va amaiyotiga yo’naltiriladi. Xususan, Buyuk Britaniya a’zo bo’lgan Nyu-York Konvensiyasi hamda 1996-yildagi ingliz arbitraj qonunining turli moddalari eslab o’tiladi. Ushbu maqola, asosan, arbitraj bitimining ta’rifi, uning moddiy haqiqiyligiga nisbatan qo’llaniladigan huquqqa oid kollizion normalar, arbitraj orqali hal etib bo’lmaydigan masalalar hamda arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadigan nizolarni tahlil qiladi. Shuningdek, arbitraj bitimining tarkibiy elementlari hamda uni tuzish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo’lgan masalalar yoritiladi. Tegishli o’rinlarda O’zbekiston qonunchiligiga havolalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Xalqaro tijorat arbitraji, ingliz arbitraj huquqi, o’zbek arbitraj huquqi, arbitraj bitimi, arbitraj kelishuvi, qo’llaniladigan huquq, arbitraj joyi, kollizion normalar

Jurnaldagi sahifalar: 774 - 785

Yuklab olish