Muallif: Аlimov, Ozod Sabirovich
Annotatsiya: Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy adabiy merosini har tomonlama tahlil qilish bugungi kunda matnshunoslik sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri boʼlib qolmoqda. Besh yuz yildan ortiq vaqt davomida shoirning asarlari oʼzining jozibasi bilan kishilarni oʼziga maftun yetib kelmoqda. Odamlar bu asarlarni yozilgan paytdanoq katta ishtiyoq bilan oʼqisa, shoir hayotidan to oʼtgan asr boshlarigacha goʼzal xat sohibi boʼlgan xattotlar tomonidan koʼchirildi. Xattotlar tomonidan kitobat qilgan qoʼlyozmalar ularning savodxonligi, mahoratidan kelib chiqqan holda bir-birlaridan farq qiladi. Kotiblar asarni koʼchirish asnosida ayrim sa¬bablarga koʼra matnda beixtiyor sahv-xatoliklarga, kamchiliklarga yoʼl qoʼyganlari yoki unga baʼzi soʼz va iboralarni kiritgan holatlariga guvoh boʼlish mumkin. Matnshunoslik sohasining asosiy vazifalaridan biri muallifning asl matnini tiklashdir. Qoʼlyozmalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida asar matniga toʼliq kirish mumkin. Maqolada Alisher Navoiy asarlaridan biri boʼlgan “Xamsat ul-mutahayyiriyn”ning Turkiya nashri xususiyatlari bilan bir qatorda, ushbu nashrning birlamchi manbalar asosida kamchiliklari haqidagi xulosalar oʼz aksini topgan.
Kalit so'zlar: ilmiy-tanqidiy matn, Toʼpqopi, Parij, Sulaymoniya, Аyshexan Deniz Аbik, qoʼlyozma.
Jurnaldagi sahifalar: 1059 - 1065