Muallif: Xasanova, Mashxura Jumanovna
Annotatsiya: Adabiyotshunoslikda Mavlono Sakkokiy nomi turkiy she’riyat an’analarida o’ziga xos xislat bilan tilga olinadi. Chunki shoir eng go‘zal va ko‘p she’rlar yaratishi bilan mashhurdir. Sakkokiy ijodida 1 hamd, 1 na’t va 11 maqtov bor. Madhiyalardan biri Xoja Muhammad Porsoga, biri Xalil Sultonga, beshtasi Ulug‘bek Mirzoga (bu she’rlardan biri Shohruh Sultonga bag‘ishlangan), to‘rttasi Arslonxo‘ja Tarxonga bag‘ishlangan. Sakkokiy devoni davr an’anasiga binoan hamd va na’t bilan boshlanadi. Avval qasidalar keyin g‘azallar tartiblanadi. Devonda 11 madh qasida: 1tasi Xoja Muhammad Porsoga, 1tasi Xalil sultonga, 5tasi Ulug‘bek Mirzoga (keyingi yillarda adabiyotshunoslar shoirning «Keldi» radifli qasidasi Ulug‘bek mirzoga emas, Shohrux sultonga bag‘ishlangan degan fikrlarni ilgari surishmoqda. Ammo bu qasida devonda “Dar Madhi Ulug‘bek Mirzo...” sarlavhasi bilan keltiriladi, shundan 4 tasi yuqorida zikr etilgan Arslon Xoja Tarxonga bag‘ishlangan bo‘lib, jami misralar soni 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi. .
Kalit so'zlar: Muhammad (s.a.v.), Xoja Muhammad Porso, Xalil Sulton, Ulugʻbek Mirzo, Arslon Xoja Tarxon, Odam, Kuntu Kanzan, Meeraj, Amin, “Xannona”, falsafiy, tasavvufiy qarashlar, sheʼrda islom dinining mohiyati aks etgan