Muallif: Sheraliyeva, Sh.Z.
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola xalqaro avtomobil yuk tashishda xavfli yuklar bo‘yicha javobgarlik masalalarini tahlil qiladi. Maqolada Xalqaro avtomobil yuk tashishida xavfli yuklar bo‘yicha Yevropa kelishuvi asosidagi asosiy tomonlar — jo‘natuvchilar, tashuvchilar va yuk qabul qiluvchilarning majburiyatlari va javobgarligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligida xavfli yuklarni tashish bo‘yicha normativ hujjatlar va xalqaro huquqdagi prinsiplar bilan uyg‘unlashgan tamoyillar tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro huquqdagi asosiy konvensiyalar, masalan, CMR va Bazel Konvensiyasi, hamda ularning ADR bilan aloqasi ko‘rsatib o‘tiladi. Yana, maqolada takliflar berilgan bo‘lib, ularning maqsadi milliy qonunchilikni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va xavfli yuklarni tashishda xavfsizlikni ta’minlashdir.
Kalit so'zlar: xavfli yuklar, Yevropa kelishuvi, CMR va Bazel Konvensiyasi, javobgarlik.
Jurnaldagi sahifalar: 207 - 211