25.04.2023
371
XINOLIN ASOSLI IKKILAMCHI AMINLARNI VA AMIDLARNI SINTEZ QILISH

Muallif: Qurbanova, Shoira Rasulbek qizi; Karimova, Oygul Razzaqbergan qizi; Nurullayeva, Nilufar Bekpo‘lat qizi; Niyazmetov, Azamat Rahmatjonovich; Vinogradova, Valentina Ivanovna

Annotatsiya: Xinolin alkaloidlardan bo‘lgan dubaminni nitrolash reaksiyasida qo’llanilgan nitrolovchi agent tarkibidagi oleum miqdorining ta’siri o‘rganildi va yuqori unum bilan nitromahsulot olingan hamda uni SnCl2.2H2O bilan qaytarilishidan aminodubamin sintez qilingan. Oxirgi mahsulotning aldegidlar bilan reaksiyasi etanol eritmasida amalga oshirilib sintez qilingan Shiff asosini NaBH4 bilan qaytarildi va natijada 2-(4,5-metilendioksi-2-(N-2-nitrobenzilamino)fenil)xinolin 87% unum bilan olindi. Xinolin amidlarini sintez qilishda POCl3 dan foydalanib, 2-(4,5-metilendioksi-2-(N-etanamido)fenil)-xinolin va 2-(4,5-metilendioksi-2-(N-monoxloretanamido)fenil)xinolin mos ravishda 65 va 75% unumlarda ajratib olindi.

Kalit so'zlar: amidlar, ikkilamchi aminlar, antibiotik, katalizator, nitrobirikma, oksidlanish-qaytarilish, xinolin, xinolin hosilalari, Shiff asosi.

Jurnaldagi sahifalar: 452 - 457

Yuklab olish