30.07.2024
239
XITOY TASHQI SIYOSATINING SHAKLLANISHIDA NAZARIY YONDASHUVLAR

Muallif: Azbergenov, Sharaf

Annotatsiya: Xitoy bugungi kunda tashqi siyosiy yo’nalishini faol rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Davlatning tashqi siyosati huddi boshqa davlatlada bo’lgani singari umumiy siyosatning bir qismi sifatida ifodalanadi. Aynan shuning uchun ham tashqi siyosat juda ko’p ichki va tashqi, obyektiv va subyektiv omillarga asosan shakllanib boradi. Bu omillar qatorida yana geografik, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy – texnikaviy, demografik, harbiy va boshqa omillarni misol keltirishimiz mumkin. 1949 yil 1 oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etildi. Yarim asrdan ko’proq vaqt davomida u siyosiy iqtisodiy hamda madaniy rivojlanish yo’llarida qiyin yo’lni bosib o’tdi. Shunday bo’lsada XXR rivojlanishda to’xtamadi. 1948 yildan 1979 yilgacha bo’lgan davrda XXRning tashqi siyosatining rivojlanishi natijasida Xitoy xalqaro munosabatlar tizimida ta’sirli o’rinlarni egallashga harakat qilib kelmoqda. Bunga yaqqol misol qilib Xitoyning “sovuq urush” davrida qatnashganligini ko’rsatishimiz mumkin. Ya’ni bu uning shaxsiy manfaatlari bilan bog’liq edi.

Kalit so'zlar: Xitoy, tashqi siyosat, davlat, hukumat, iqtisod, partiya, sovuq urush, BMT, ustav, konstitutsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 47 - 53

Yuklab olish