Muallif: Ochilova, Hilola Husan qizi
Annotatsiya: Nominalizatsiya hodisasi xitoy tili grammatika tadqiqoti sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Xitoy tili ilmida grammatika tadqiqotlarining dastlabki davridayoq til hodisasi bo’lgan xitoy tili nominalizatsiyasi ayrim grammatika bilan sho’g’illanuvchi olimlarining e’tiborini tortdi. O’tgan asrning 50 yillarida “Xitoy tilini o’qitishning vaqtinchalik grammatika tizimi” sub’ekt va ob’ekt o’rnida kelgan fe’l va sifatlarning “nominallashtirish” usulini ilgari surganidan beri xitoy tilini nominallashtirish bo’yicha bahslar to’xtagani yo’q. Tadqiqotlarda asosan uning strukturaviy turi, funksional tipi, tabiati jihatidan o’rganilgan, tahlil qilingan va muhokama qilingan. Hozirgacha ham ushbu masalada tushunishda katta tafovutlar mavjud. Nominallashtirish bo’yicha tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida ushbu maqola oldingi tadqiqotlardagi asosiy muammolarni ko’rsatadi va xitoy tili nominalizatsiyasining sabablari va qonuniyatlarini muhokama qilish orqali xitoy tili nominalizatsiyasi muammolarini yanada aniqlaydi.
Kalit so'zlar: Nominalizatsiya, Shi Guangan, Pang Daosheng, Vang Veysyan, Chjan Bojiang, Yao Zhenwu, Xing Fuyi, morfologiya, transformatsiyasi, universallik.
Jurnaldagi sahifalar: 660 - 666