Muallif: Nodirov, A.A.
Annotatsiya: Ushbu maqola Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi va CPEC (Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori)ning Afg‘oniston uchun ahamiyatini o‘rganadi. Maqolada Afg‘onistonning geosiyosiy ahamiyatini hisobga olgan holda, Xitoyning iqtisodiy rivojlanish strategiyalari va ularning mintaqadagi integratsiyasi tahlil qilinadi. "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi Afg‘onistonning transport va savdo tarmoqlarini rivojlantirishga yordam berishi, CPEC esa Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy o‘zgarishlar va barqarorlikni ta’minlashdagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bu aloqalar Afg‘oniston iqtisodiyotining o‘sishiga qanday ta’sir qilishi va potentsial imkoniyatlarni qanday yaratishi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: iqtisodiy diplomatiya, yumshoq kuch, Tolibon, Bir makon – bir yo‘l, temir yo‘l, taransport yo‘laklari, Afg‘oniston.
Jurnaldagi sahifalar: 437 - 448